У нас есть только
оригинальные песни

Telia shirkatining O'zbekistondagi poralari bo'yicha ish yuzasidan sud Shvetsiyada boshlanmoqda

calendar 04.09.2018
1288

2007-2010 yillarda O'zbekistonda poralar berish bilan bog'liq ish bo'yicha Shvetsiyaning Telia telekommunikatsiya kompaniyasining uch sobiq xodimi ustidan sud bugun Stokgolmda boshlanadi, deya xabar beradi Sputnik.

Ish deyarli besh yil davomida tergov qilindi, o'shanda kompaniya Telia Sonera deb atalgan, Shvetsiya prokuraturasi tergov yakunlangani haqida o'tgan yilning sentabr oyida xabar berdi. O'shanda poraxo'rlik bo'yicha ayblov Telia Sonera sobiq direktori Lars Nyuberg, Yevroosiyo bozori uchun mas`ul bo'lgan Tero Kivisaari va kompaniya yuristlaridan biriga ham qo'yildi. Shvetsiyaning TT axborot agentligi bildirishicha, uchala shaxs ham aybini tan olmadi. Ular olti yilgacha ozodlikdan mahkum etilishi mumkin.

So'nggi bir necha yil davomida Telia nomi 2007 yilda konsern va uning sho'`ba kompaniyalari O'zbekiston telekommunikatsiya bozorida ishlash rejasi munosabati bilan poralar berishga aloqadorlikda gumonlanayotgani sababli Shvetsiya ommaviy axborot vositalarida ko'p bora tilga olindi. Jurnalistlarning surishtiruvi 2013 yilda konsern rahbariyatining o'zgarishiga va kompaniyadagi ichki tekshiruvlariga olib keldi. 2015 yilda Telia Yevroosiyo bozoridan chiqib ketishini e`lon qildi.

2013 yilda Niderlandiya prokurorlari Telia’ning ikkita sho'`ba kompaniyasini tekshira boshladi, 2014 yilda AQSh Adliya vazirligining moliya inspeksiyasida O'zbekistondagi bitimlar surishtiruvdan o'tkazila boshlandi. 2017 yilda, ushbu tekshiruvlar tugaganidan so'ng, Telia o'zini tekshirgan organlarga 965 million dollar to'lashga rozi bo'ldi.

Shvetsiya prokuraturasi 2012 yilda konsern rahbariyati tomonidan poraxo'rlik bo'yicha gumonlarni tekshira boshladi. Tergovchilarning xulosasiga ko'ra, Telia O'zbekiston bozoridan muqim o'rin olish uchun O'zbekiston birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimovaga katta miqdordagi pullarni to'lagan. Karimova, Shvetsiya prokuraturasiga ko'ra, o'sha davrda O'zbekiston telekommunikatsiya bozorini deyarli o'z nazoratida ushlab turgan. Tergov ma`lumotlariga ko'ra, 2007 yildan 2010 yilgacha bo'lgan davrda poralar miqdori 280 million yevroni tashkil etgan bo'lishi mumkin. 

Яндекс.Метрика