У нас есть только
оригинальные песни

Terminal olishni kutayotgan tadbirkorlar javobgarlikka tortiladimi?

calendar 26.07.2017
1207

Ma`lumki Prezident farmonida belgilanganidek, 2017 yil 1 martdan e`tiboran savdo-sotiq bilan shug'ullanayotgan har bir tadbirkorlik sub`yektida plastik karta terminallari bo'lishi majburiy etib belgilandi. Bu masala ko'pchilik tadbirkorlarda savollar va tashvishlar tug'dirdi. Xususan, terminal uchun ariza yozganiga qaramay, ololmayotgan tadbirkorlar o'zlariga nisbatan qanday choralar ko'rilishi borasida aniq ma`lumotga ega emas. Ayni vaqtda, shunday tadbirkorlarga nisbatan qonunda belgilangan choralar qo'llanilmoqdami yoki birmuncha yumshatishlar nazarda tutilganmi? 

O'zbekiston Davlat soliq qo'mitasi raisi o'rinbosari Hotambek Shokirov Xalqaro Press-klubda bo'lib o'tgan sessiya doirasida ushbu masalalarga oydinlik kiritdi.

“Aslida qonunga binoan terminali bo'lishi kerak bo'lgan, terminali bo'lmagan tadbirkorlarning ayrimlarini istisno tariqasida javobgarlikka tortmayapmiz. Agar ular terminal olish uchun o'z bankiga rasman murojaat qilib, unga xizmat ko'rsatuvchi bank tomonidan ariza ro'yxatga olingan bo'lsa, unga nisbatan chora ko'rilayotgani yo'q. Hozirda 13 mingga yaqin terminal yetishmaydi. Ammo, terminal olganidan so'ng foydalanmasa yoki plastik kartochkani rad etsa, choralar ko'riladi”, - dedi Soliq qo'mitasi raisi o'rinbosari. 

Яндекс.Метрика