У нас есть только
оригинальные песни

“Terminator 2” 3D-formatda kinoteatrlarda namoyish etiladi

calendar 04.09.2016
1335

Rejissor Jeyms Kemeron suratga olgan va Arnold Shvarsenegger suratga tushgan mashhur “Terminator 2: Qiyomat kuni” filmi qayta tiklanadi va katta ekranlarda namoyish qilish uchun uch o‘lchamli formatga o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda“Korrespondent.net”.

Bu haqda kinolentaning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida 29-avgust kuni e’lon qilindi. Ushbu sanada “Terminator” filmida “Qiyomat kuni” sodir bo‘lib, kompyuter ongga ega bo‘ladi. Shuningdek, filmni qayta tiklash ishlari uning 25 yillik yubileyiga ham bag‘ishlangan.

Original film rejissori Jeyms Kemeron grafika oliy sifatli chiqishiga umid qilmoqda.

“Terminator 2: Qiyomat kuni” filmining 3D-versiyasi kelasi yili chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Яндекс.Метрика