У нас есть только
оригинальные песни

Termizda so'nggi 32 yil ichidagi eng issiq qish kuni qayd etildi

calendar 11.01.2016
1601

2016 yilning 9 yanvar kuni Termizda so'nggi 32 yil ichidagi eng iliq harorat kuzatildi.

Gidrometeorologiya markazining ma'lumotlariga ko'ra, 9 yanvar kuni Termiz shahrida harorat 19 darajagacha iliq bo'ldi. Oxirgi marta bunday ko'rsatkich 1984 yilda kuzatilgan, harorat 18,4 darajani tashkil etgan. Bu O'zbekiston tarixidagi rekord ko'rsatkich bo'ldi.

Avvalroq, 2 yanvar kuni Samarqandda havo harorati 21,3 darajagacha ko'tarilgani xabar qilingan edi.

Sinoptiklar iliq harorat yana bir necha kun davom etishini ma'lum qilishdi. 12-13 yanvar kunlari respublika bo'yicha o'rtacha harorat kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo'ladi.

Яндекс.Метрика