У нас есть только
оригинальные песни

Tesla elektromobillarida avtopilot paydo bo‘ldi

calendar 16.10.2015
1367

Tesla elektromobillarida avtopilot paydo bo‘ldi. Meduza’ning yozishicha, tizimnig ishlashi uchun operatsion tizimni yangilashning o‘zi yetarli — avtomobil oldindan kamera va ultratovushli uzatgichlar bilan ta’minlangan.
Kompaniya vakillarining tan olishicha, amalda bu to‘laqonli avtopilot emas. Tizim to‘liq avtonom bo‘la olmaydi, biroq o‘zi mustaqil ravishda turli manyovrlarni amalga oshirishi mumkin. Avtomobil haydovchining ko‘rsatmasiga muvofiq boshqa harakatlanish bo‘lagiga qayta tizilishi mumkin — buning uchun burilishni bildiruvchi tegishli ogohlantirish chirog‘i yoqilsa kifoya. Avtopilot rejimida haydovchi qo‘lini ruldan olmasligi kerak, aks holda tizim chiyillashni boshlaydi. Ayni vaqtda, haydovchi rulni avtopilot manyovriga qarama-qarshi tomonga biroz bursa ham, boshqaruv darhol haydovchiga o‘tadi. Agar haydovchi uxlab qolsa, avtomobil ovoz chiqarishni boshlaydi, shu holatda ham haydovchi befarqligicha qolaversa, avtomobil mustaqil ravishda to‘xtaydi. Tesla avtomobillaridagi avtopilot soatiga 29 kilometrdan yuqori tezlikda ishlaydi. Tizim bordyur va ajratuvchi chiziqlarni farqlay oladi, biroq (yovvoyi jonivorlari kabi) kutilmagan to‘siqlarni haydovchilar hozircha mustaqil aylanib o‘tishlari kerak.
Яндекс.Метрика