У нас есть только
оригинальные песни

Test javoblari 15 avgust kuni e`lon qilinadi

calendar 14.08.2017
1580

2017 yil 1 avgust kuni bo'lib o'tgan test imtihonlari natijalari ertaga, 15 avgust kuni e`lon qilinadi. 

Ayni vaqtga kelib test sinovi natijalarini hisoblash yakunlangan. Test sinovi natijalari respublikaning barcha oliy ta`lim muassasalariga o'rnatilgan tartibda yetkazib berilgan.

Ayni vaqtda barcha oliy ta`lim muassasalarida test javoblarini e`lon qilishga tayyorgarlik ketmoqda.

Abituriyentlar 15 avgust kuni soat 8:00da qabul komissiyalari e`lon taxtasidan test sinovida to'plagan ballarini bilib olishlari mumkin.

Bu yilgi imtihonlarda 730 ming nafarga yaqin abituriyent ishtirok etdi, o'rtacha tanlov bir o'ringa 11tani tashkil etdi.

Яндекс.Метрика