У нас есть только
оригинальные песни

Test: O`zingizni yaxshi his qilayapsizmi, azizim?

calendar 08.02.2017
2023

E`tiboringizga havola etilajak navbatdagi test avvalgilaridan farq qiladi. Sizga tayyor javob variantlari berilmaydi, balki o`zingiz, xayolingizga kelgan birinchi javobni berasiz. Uni oila yoki do`st-dugonalar davrasida ishlash mumkin. Lekin har bir kishi o`z javobini ovoz chiqarib aytmasdan, qog`ozga yozadi. Shu tariqa javoblaringizni ham oshkor qilmasligingiz mumkin. 

10 ta savoldan iborat ushbu test orqali o`zingiz, xarakteringiz, hozirgi kunlarda nimalarni his qilayotganingiz haqida ko`p narsalar bilib olish imkoniga egasiz.

Test savollariga tez, xolis, chin ko`ngildan va xayolga kelgan birinchi narsa (o`ylab o`tirmasdan) javob berish lozim. Bu testning eng muhim sharti. Ikkinchisi, test savollarining barchasiga javob berib bo`lmaguningizga qadar javoblarga ko`z yugurtirish mumkin emas. Aks holda to`g`ri xulosa chiqara olmaysiz.

Demak, toza qog`oz va ruchka olamiz. Savolni o`qishingiz bilan darrov javobni yozamiz. Yodda tuting, xayolingizga kelgan birinchi so`z, tasvirni yozish, chizish lozim. Chunki fikrlashni boshlashingiz bilan aqlingiz tahlil qilishni boshlaydi va javobingiz hozirgi holatingizni ifoday olmasligi mumkin.

Savollar:

1. Tasavvur qiling, siz KIM bilandir o`rmonda yuribsiz. Bu kim bo`lishi mumkin?

2. Siz o`rmonda yurib ketayapsiz va o`zingizdan sal narida qandaydir JONZOTni ko`rdingiz. U qanday hayvon?

3. O`sha hayvon bilan ko`zlaringiz to`qnashgandan keyin nima sodir bo`ldi?

4. O`rmonda sayr qilishda davom etayapsiz. Keng yalanglikka chiqib qoldingiz, u erda esa bir umr orzu qilgan UYingiz turibdi. Uning kattaligini qanday tasvirlagan bo`lardingiz?

5. Orzuingizdagi uy to`siq yoki devor bilan o`ralganmi?

6. Uyga kirdingiz. OVQATLANISh STOLIni ko`rish uchun oshxonaga o`tdingiz. Stol ustida va atrofida nimalarni ko`rayotganingizni tasvirlab bering.

7. Orqa eshik orqali uydan chiqib ketayapsiz. O`t-o`lanlar ustida yotgan IDIShga ko`zingiz tushdi. Idish nimadan yasalgan?

8. Idishni ko`rgach, nima qildingiz?

9. Іovlining oxirrog`iga kelib qoldingiz, u erda uy turibdi. SUV ІAVZASI ham bor. Bu qanday suv havzasi? Ko`lmakmi? Dengizmi? Anhormi? Yo boshqa?

10. Yo`lda davom etish uchun suvni qanday kechib o`tmoqchisiz?

Javoblarni tahlil qilamiz!

Siz bergan barcha javoblaringiz — sizning hozirgi kundagi ruhiy holatingizni, hayotdagi maqsadlaringiz, siz uchun muhim inson va qadriyatlaringizning majoziy ifodasidir. Ularni mana bunday tahlil qilish mumkin.

Javoblar:

1. O`rmonda yoningizda yurgan inson hayotingizda muhim o`rin tutadi. Siz uni qadrlaysiz

2. O`rmonda ro`parangizdan chiqib qolgan, siz tasavvur qilgan jonzotning hajmi aslida sizning ongostidagi ichki muammolaringiz hajmidir. Іayvon qanchalik katta bo`lsa, muammolaringiz ham hayotingizni shunchalik egallagan. Sizni aziyat chekishga majbur qilayotgan ko`ngilsizliklar haqida o`ylab ko`rarsiz, balki ular siz o`ylaganchalik qo`rqichli emasdir. Sichqoncha yoki quyon kabi mitti va beozor jonzotlarni tasavvur qilganlar esa hayotlari mayda tashvishlarni hisobga olmasa, osuda kechmoqda.

3. Bu kutilmagan uchrashuvda o`zingizni qanday tutishingiz, duch keladigan muammolarni qanaqa hal qilishingizga ishoradir. Tajovuzkorlik bilan raqibga tashlansangiz, o`zingiz xavfni yo`qotishga urinsangiz, hayotda ham muammolarni ana shunday agressiv, tez hal etishga urinasiz. Chorasiz qotib qolsangiz, muammolaringizni ham passiv, sustlik bilan siz uchun kimdir hal etishini kutasiz. Qochib ketsangiz, hayotda ham shunday, tashvishlar echimini topishdan ko`ra ularni keyinga surishni, ulardan qochishni afzal ko`rasiz.

4. O`rmonda siz uchratgan orzuingizdagi uyning hajmi — orzu-umidlaringiz, maqsadlaringiz, rejalaringiz kattaligidir. Agar u haddan ortiq katta bo`lsa, balki hayotdan xayolga sig`maydigan tuhfalar kutayotgandirsiz? Yoki aksincha, qarovsiz uy bo`lsa, balki tabiatingizda ozgina shiddat, iroda etishmayotgandir. Bu holatda istak-xohishlaringiz haqida bir o`ylab ko`rish ziyon qilmaydi. Zero, amallar niyatlarga bog`liqdir, deb bejiz aytilmagan.

5. Agar tasavvuringizdagi uy to`siq, devorlar bilan o`ralmagan bo`lsa, demak, siz ochiqko`ngil insonsiz va ko`ngil sofligini ma`qul ko`rasiz. Agar to`siqlar mavjud bo`lsa, siz har kim o`z shaxsiy hududiga ega bo`lishi lozim, deb hisoblaysiz va boshqalardan ham shuni kutasiz. Ya`ni ruxsatsiz o`zgalarning shaxsiy hududiga qadam bosmaysiz va o`zingiz ham shaxsiy qarashlaringizga tahdid qilishlariga yo`l qo`ymaysiz.

6. Oshxona — sizning baxtlilik darajangizni belgilaydi. Xona qanchalik chiroyli va yoqimli narsalarga boy bo`lsa, hayotingiz ham shunchalik yorqin. Bordi-yu, xonada na taom, na gullar yoki odamlarni tasavvur qilolmagan bo`lsangiz, shu kunlarda o`zingizni yomon his qilayapsiz, shekilli. Ko`nglingizga yaqin biror insoningizga nimadan qiynalayotganingizni aytib berarsiz. Axir odam taftini odam oladi.

7. Siz xayol qilgan idish yasalgan materialning mustahkam va pishiqligi — oilangiz yoki yaqin insoningiz bilan munosabatlaringiz holatini qanday his qilayotganingizni ifodalaydi. Bir marta ishlatish uchun mo`ljallangan plastik yoki qog`oz stakanmi? Shisha idishmi? Oilangiz, munosabatlaringiz kelajagidan xavotirdasiz, deyish mumkin. Agar idishni metall yoki farfor yoki yana boshqa mustahkam materialdan tasavvur qilgan bo`lsangiz, tashvishlanishga o`rin yo`q, shaxsiy munosabatlaringiz mo``tadil asosga ega.

8. Sizning xatti-harakatingiz 1-savoldagi insonga nisbatan munosabatingizni bildiradi.

9. Suv havzasining hajmi — naqadar hissiyotliligingizni belgilaydi.

10. Suv havzasidan kechib o`tishda tanlagan yo`lingizda suvga qanchalik yaqin bo`lsangiz, hayotda tuyg`ularga bo`ysunishingiz shunchalik yuqori. Masalan, havzani hech bir vositasiz kechib o`tsangiz, siz butunlay ko`ngil odamisiz, nimanidir ko`prik qilib o`tsangiz, hissiyotlaringiz chegarasini bilasiz. Іavzani umuman aylanib o`tsangiz, tuyg`ular odamni asl maqsaddan chalg`itadi, deb hisoblaysiz.

Eslatib o`tamiz!

Shuni inobatga olish o`rinli-ki, bir necha hafta, oy yoki yillardan keyin bu testdan yana qayta o`tishingiz mumkin. Gap shunda-ki, ushbu test sizning shaxsiyatingiz tabiatini emas, balki ayni paytdagi emosional holatingizni ifodalaydi.

Яндекс.Метрика