У нас есть только
оригинальные песни

Texas politsiyasi qizini o‘ldirgan va ikkinchisini yaralagan ayolni otib tashladi

calendar 25.06.2016
1092

Amerikalik ayol 24-iyun, juma kuni Texasning Fort-Bend okrugi, Fulshir aholi punktida qizini otib o‘ldirdi va ikkinchisini og‘ir yaraladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

ABC telekompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘q tovushlariga shahar ko‘chalarini patrul qilayotgan politsiyachi tezkorlik bilan munosabat bildirgan. Jinoyat joyiga ayol navbatdagi o‘q uzishga chog‘lanayotganda yetib kelgan va uni otib o‘ldirgan. Ayolning ikkinchi qizi omon qoldi va og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi.

Politsiya yuz bergan hodisa tafsilotlari va ayolni jinoyatga undagan sabablarni o‘rganmoqda.

Яндекс.Метрика