У нас есть только
оригинальные песни

Texasda 12 yoshli qizcha kuniga 12 ming marta aksa urmoqda

calendar 08.10.2015
2188

Texasda istiqomat qiluvchi 12 yoshli qizaloq 3 hafta davomida daqiqasiga o'rtacha 20 martadan aksa urdi. Bu haqda AVS NEWS xabar bergan.

Qayd etilishicha, u kuniga 12 ming martadan aksirgan. Shifokorlar esa buning sababini aniq ayta olishmayapti. Taxminlarga ko'ra, bu tik xastaligi (tana a'zolarining pir-pir uchishi) alomati bo'lishi mumkin.

"Men klarnet chalishdan saboq olish uchun darsga borgan kunim aksiradigan bo'lib qoldim. Avvaliga oz-ozdan aksirdim, shu kuni tunda esa 30 martacha aksa urdim", deydi 12 yoshli Keytlin Tornli.

Uning ota-onasi qizchaning endilikda maktabga bora olmayotgani va boshqalar kabi tinch ovqatlana olmayotgani haqida aytishgan.

Яндекс.Метрика