У нас есть только
оригинальные песни

Texnologiyalar yordamida 1-avgust test natijalarini bilish yo‘llari

calendar 13.08.2016
3082

Birinchi avgust kuni O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun umtihonlar bo‘lib o‘tdi. Ularning javobi chiqishiga esa qisqa muddat qoldi. Shu bois, texnologiyalar yordamida test natijalarini bilish yo‘llarini eslatib o‘tmoqchimiz.

Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin:

DTM.uz sayti orqali

Buning uchun dtm.uz saytiga tashrif buyurish va “Test natijalari” bo‘limini tanlash kerak. Test natijalari chiqqach, saytning ushbu bo‘limi ishlay boshlaydi va DTM varog‘idagi ma’lumotlarni kiritib, bu yerdan javoblarni olish mumkin.

Ta’kidlab o‘tish kerak, natijalar chiqqan kunlarda saytning ishlashi qiyinlashadi. Bu albatta, juda ko‘pchilikning tashrifi bilan bog‘liq.

Xizmatdan bepul foydalaniladi.

SMS orqali

Ucell, Beeline, Uzmobile va Perfectum Mobile abonentlari 5100 raqamiga javoblar varog‘i nomerini SMS shaklida yuborish mumkin va test natijasini olish mumkin.

Bunda SMS narhi quyidagicha:
5100 raqamiga jo‘natilgan barcha SMS — bepul;
5101 raqamidan kelgan har bir SMS — 75 sent.

Javob esa quyidagicha keladi:
“N: XXXXXXX OTM: Oliy ta’lim muassasi nomi BALL: 167 (10*1,1+30*2,1+30*3,1) Siz davlat GRANTi asosida talabalikka tavsiya etildingiz.”

5100 raqamiga SMSni natijalar hali chiqamasidan avval ham jo‘natish mumkin. Natijalar chiqqach esa javob SMSi keladi.

Click orqali

Ushbu xizmat Click orqali avval ham taqdim etilgan va yaxshi ishlagan. 2016-yilda ham foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Ammo hozircha, Click’ïning USSD menyusida bu xizmatni ko‘rmayapmiz.

Xizmatdan foydalanish uchun telefoningizdan *880# USSD buyrug‘ini jo‘natishingiz va “DTM-2016” bandini tanlashingiz kerak. Shundan so‘ng, javoblar varog‘i raqamini kiritasiz va hisobingizdan 1500 so‘m to‘lab, natijalarni olishingiz mumkin.

Telegram BOTlar orqali

Click’ning Telegram messenjeridagi @dtmbot yoki @dtmrobot BOTlari yordamida ham test natijalarini bilib olish mumkin.

Buning uchun Telegram’dan shu BOTlarni izlaysiz, Start buyrug‘ini yozib, o‘zingizga ma’qul tilni tanlaysiz. Qolganini BOTning o‘zi tushuntiradi.

Ushbu xizmat ham pullik bo‘lib, Click orqali 1500 so‘m to‘lash kerak bo‘ladi.

Яндекс.Метрика