У нас есть только
оригинальные песни

Teylor Svift eng ko‘p haq oladigan yosh yulduz deb tan olindi

calendar 17.11.2016
1711

AQShning Forbes jurnali 30 yoshga yetmagan, eng ko‘p haq oladigan shou-biznes va sport yulduzlari reytingini tuzib chiqdi. 26 yoshli kantri ijrochisi Teylor Svift ushbu reytingga boshchilik qilmoqda — qiz 2016-yilda 170 million dollar ishlab topdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Undan keyingi o‘rinlarni Britaniyaning One Direction pop guruhi (110 million dollar) hamda futbolchi Lionel Messi (81,5 million dollar) egalladi.

Birinchi o‘nlikka, shuningdek, xonandalar Adel (80,5 million dollar), Rianna (75 million dollar), Jastin Biber, tennischi Novak Jokovich va basketbolchi Kevin Dyurant ( har biri — 56 million dollardan), xonanda The Weeknd (55 million dollar), amerika futboli o‘yinchisi Kem Nyuton va golfchi Jordan Spit (har biri — 53 million dollardan) kirdi.

Яндекс.Метрика