У нас есть только
оригинальные песни

Tezda til o'rganish haqida odamlar orasida yurgan uch safsata

calendar 03.01.2016
3249

o'shqinlik — Genri Ford ta'biri bilan aytganda muvaffaqiyatga olib boruvchi asosiy omillardan biridir. Til o'rganishga astoydil kirishish, ish faoliyatiga ham, shaxsiy hayotda ham katta yordam beradi. Chunki bu vaziyatda inson o'zida jo'shqinlik hissini sezadi. U boshqa ishlarida ham ana shunday hissiyot bilan harakat qiladi va muvaffaqiyatga erishadi. Ammo yoningizda yurgan ayrim lofchi yoki uydirmachilarning fikriga quloq solishingiz natijasida, o'z kuchingizga bo'lgan ishonch bora-bora g'oyib bo'ladi va siz ham ularga o'xshab noshud, notovonligingizcha qolib ketasiz.

Lekin sizu biz bunday insonlar emasmiz shundaymi? Shuning uchun bu safsatalarni hoziroq hal etishimiz kerak!

Yosh: “Men til o'rganish uchun o'zimning imkoniyatimni boy berib qo'ydim! Endi bu yog'iga qarilik qilaman!”

Aql yoshda emas, boshda degan naqlni eshitgan bo'lsangiz kerak. Xuddi shunday o'zingizdan harakat bo'lmasa, yangi til o'z-o'zidan miyangizga tushib qolmaydi. Bolalar rivojlanish jarayonlarida muttasil ravishda yon-atroflaridagi dunyoni o'rganishadi (hatto tushlarida ham). Hatto tillari chiqib, gapirishlariga ham yillar kerak bo'ladi.

Bolalarning miyasi kattalarnikidek ishlamagani bois, ular so'zlarni tez va oson yodlarida saqlab qolishadi. (Bilmadik, sizda til o'rganish va gapira olish uchun qancha kech bo'ldi? Aslida bu ahamiyatsiz narsa).

Axir siz kap-katta odamsiz-ku! Dunyoni yaxshi idrok etasiz, fikrlaringizni ravon ifodalay olasiz va umuman, nima uchun til o'rganmoqchi ekanligingizni ham tushunasiz. Buning ustiga mavjud grammatik qoidalar til o'rganishingizni yanada osonlashtiradi.

Vaqt: “Men axir shundoq ham bandman!”

Boshidanoq tan oling, til o'rganish, vaqtni zoe ketgazish degani emas-ku, to'g'rimi? Xorijiy tillarni uncha mukammal o'rganmasangizda, biroq buning oqibatida dunyoqarashingiz kengayadi. Ishda yoki shaxsiy hayotda xorijiy tilda muloqotda bo'lish, yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi.

Til o'rganish vaqt ketkazish yoki o'yin-kulgu degani emas. Tan olish kerakki, oddiy ingliz tilini yuzaki bilish ham bugungi zamon talabi bo'lib qolayotir.

Yangi ish topishni xohlaysizmi? Til bilish yaxshi ishga joylashishingizga sabab bo'ladi. Еr yuzi bo'ylab sayohat qilishni, turli davlatlarda bo'lishni istaysizmi? Til o'rganish sizga bunday imkoniyatni ham beradi. Siz pullaringizni shunchaki havoga sovurib, u erlarda aylanib kelishingiz ham mumkin. Ammo til bilsangiz borgan eringiz bilan yanada yaqinroq tanishishingiz, mahalliy aholi vakillari orasidan do'st orttirishingiz, u erning urf-odatlari va madaniyati haqida yanada ko'proq narsa bilib olishingiz mumkin bo'ladi.

Til o'rganaman deb tirishib, yopishib yotishning hojati yo'q. Bu ishga ijodiy yondoshing! Masalan avtomobil tiqilinchida audio vositalar yordamida yoki tunda o'sha tildagi filmlarni tomosha qilib ham o'rgansa bo'ladi. Til o'qituvchisi bilan erkin mavzuda gaplashish ham yordam beradi. Hamma gap xohishda, vaqt topilaveradi.

Mablag': “Hammasi pulga borib taqaladi!”

Mana bu bahona til o'rganishdan qochish uchun yaxshi vosita hisoblanadi. Shunday emasmi? Ammo siz tilni nima uchun o'rganayotganingizni qalban tushunib etsangiz, bu kabi muammolar sizga sariq chaqadek arzimas bo'lib ko'rinadi. Tilni mustaqil o'rganishingiz mumkin, biroq o'qituvchi sizga to'g'ri talaffuz qilish va boshqa qoidalarni o'zlashtirib olishga katta yordam beradi. Bu uncha katta muammo emasku, axir!

Til o'rganish uchun alohida kurslarga yoki repetitorga borishning hojati yo'q. Sizda shunchaki xohish va internet bo'lsa bo'lgani. Ayrim til o'rgatuvchi saytlar, masalan, “italki” sizga bu borada katta yordam beradi. Siz u erdan o'zingizga munosib o'qituvchi tanlab olasiz va vaqtni ham o'zingiz belgilaysiz. Bu sizga unchalik qimmatga ham tushmaydi. Buning uchun siz hech qaerga chiqmaysiz va skayp yordamida o'qituvchingiz bilan muloqot qilaverasiz.

Xullas, taslim bo'lmang! Bu, avvalo, o'zingizga kerak. Yangi tilni o'rganish bilan o'z tafakkuringizni ham yuksaltiring. Zero, bizning vazifamiz o'qish va o'rganish!

O'qishni tavsiya etamiz: Ingliz tilini o'rganishning eng yaxshi usullari

Яндекс.Метрика