У нас есть только
оригинальные песни

Tezkor qaror qabul qilish bo'yicha 5 maslahat

calendar 14.12.2014
5476


Ko'plab masalalarda bir xulosaga kelish juda qiyin. Qaror qabul qilishdan oldin qo'llab-quvvatlovchi va qarshi fikrlarni taroziga solib ko'rishingiz kerak. Bunda noaniqliklar, vaqt omili, xavfsizlik masalalari inobatga olinadi. Oxirgi xulosaga kelish xayoli ishda, yotoqxonada, oshxonada tinch qo'ymaydi. Kun davomida, har kuni xayolingizni band etishi mumkin. Natijada qaror qabul qilishga juda ko'p vaqt sarflayotgan bo'lib chiqasiz. Quyidagi 5 ta amaliy usul esa bu jarayonni tezlashtirib yuboradi va bir to'xtamga kelishingizni osonlashadi.

1. Muddat belgilang

Ma'lumki, echim haqida o'ylayotganda mavjud holat, sharoit haqida tushunchaga ega bo'lamiz. Faqat odatda biz "agar...”, "biroq...”, "shunday bo'lsa nima bo'ladi?” kabi muhokamaga ko'p vaqt ajratamiz. Bundan qutulishning bitta yo'li esa qaror qabul qilish uchun muddat belgilashdir. Ma'lum masala bo'yicha qaror qabul qilish uchun yarim, bir soat yoki shu kabi aniq vaqt belgilang. Shunda tezda qaror qabul qilasiz va paysalga solishlardan qutulasiz.

2. Muammoni kichiklashtirishga harakat qiling

Qaror qabul qilishni aynan qanday omillar qiyinlashtirayotganini belgilab, yozib oling. Eng ajablanarlisi, bir to'xtamga kelishga halaqit berayotgan muammo atrofdagilarning bosimi va aralashuvi bo'lib chiqishi ham mumkin. Shundan keyin o'z maqsadlaringizni aniqlab olishga ham biroz vaqt ajrating. Shunda sizda oxirgi qaror paydo bo'ladi.

3. Omadsizlikni modellashtirishga urining

Biz hammamiz ham noto'g'ri qaror qabul qilganmiz. Hatto hayotimizni tahlil etib noto'g'ri qarorlar ko'pligidan dahshatga tushamiz. Biroq omadsizliklar besamar emas. Ular ham bizga nimanidir o'rgatgan. Shuning uchun muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqmaslik lozim. Yomon qaror — bu real imkoniyat ekanini tushunish ham qaror qabul qilish jarayonini tezlashtiradi.

4. O'zingizga boshqalarning nuqtai nazarini qabul qilishga ruxsat bering

"Miyamiz ko'z nimani ko'rsa, shuni qabul qiladi va ko'z miya istagan narsani ko'radi va izlaydi”, — Deniel Gilbert Hayotda sizga o'xshagan, dunyoqarashi, fiklashi sizga mengzash insonlar juda ko'p. Ularning fikrini o'rganish va natijalarini ko'rib chiqish qaror qabul qilishingizga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Qaror qabul qilish jarayonida boshqalarning fikrini o'rganish (bu internet orqali ham bo'lishi mumkin) natijasida oqilona echim kelib chiqadi.

5. Vaqtni tejashga, boshqa insonlar tajribasidan yo'nalish olish va shaxsiy xatolarni takrorlamaslikka o'rganing

Qaysidir modeldagi avtomobilni sotib olishdan oldin mana shu modeldagi mashinasi bor kishi bilan maslahatlashish mumkin. Bu insonning fikri va tajribasi qaror qabul qilishdagi vaqtingizni tejaydi. Tadqiqotlar bu usul qaror qabul qilishga katta ta'sir o'tkazishini ko'rsatmoqda. Shuningdek, sizga berilgan axborot faktlarga asoslangan bo'lishi kerak.
Яндекс.Метрика