У нас есть только
оригинальные песни

Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdoriga o'zgarish kiritildi

calendar 11.08.2015
2941

10 avgust kuni O'zbekiston prezidenti "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik aktlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonunni imzoladi. Unga ko'ra, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga, "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida”gi, "Prokuratura to'g'risida”gi, "Me'yoriy-huquqiy aktlar to'g'risida”gi qonunlarga ham ma'lum o'zgartishlar kiritildi. 

Qonun parlamentning quyi palatasi tomonidan 29 iyul kuni qabul qilinib, 6 avgust kuni Senat tomonidan ma'qullandi. 11 avgust kuni qonunning OAVda e'lon qilinishi bilan u kuchga kirdi.

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 128-1 moddasiga kiritilgan o'zgartishga ko'ra, transport vositalari haydovchilarining belgilangan tezlikni 40 km/soatga oshirishi eng kam oylik ish haqining 7 barobarida jarima undirilishi bilan jazolanadi. Belgilangan tezlikni oshirish uchun belgilangan boshqa jarimalar miqdori o'zgarmadi.
Manba: gazeta.uz
Яндекс.Метрика