У нас есть только
оригинальные песни

Tijorat banklari xorijiy valyuta operatsiyasi uchun litsenziya olishi shart emas. Bu bank uchun oddiy faoliyat turiga aylanadi

calendar 03.09.2017
1125

O‘zbekiston banklariga xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirishga litsenziya berish amaliyoti bekor qilinadi. Tijorat banklarining xorijiy valyuta bilan amalga oshiradigan operatsiyalari bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida amalga oshiriladi. Bu tartib O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2-sentabrda imzolangan “Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha dastlabki choralar to‘g‘risida”gi Farmonda belgilangan.

Farmonga ko‘ra, xorijiy valyutada kredit berish va uni qaytarish shartlari tijorat banklari tomonidan, tomonlar kelishuviga asosan kredit siyosatidan kelib chiqqan holda, mustaqil belgilanadi.

Xorijiy valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha komission to‘lovlar miqdori ham tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanshi qayd etilgan.

Hujjatda xorijiy valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha yuzaga keladigan xatarlar ham banklar vakolati doirasiga kiritilgan. Ya’ni xorijiy valyutani sotib olish va sotish bilan bog‘liq xatarlar tadbirkorlik xatariga kiritiladi va ularni boshqarish tijorat banklari vakolatiga kiradi.

Яндекс.Метрика