У нас есть только
оригинальные песни

Tim Kuk Apple rahbarligi lavozimida 2015-yilda 10,3 million dollar daromad qildi

calendar 07.01.2016
861

Tim Kukning Apple kompaniyasi rahbarligi lavozimidagi daromadi 2015-moliyaviy yil davomida 11,5 foizga o‘sib, 10,3 million dollarni tashkil etdi.

Uning maoshi 14,4 foizga oshib, 2 million dollarga yetdi. Boshqa mablag‘lar oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishganligi uchun top-menejerlarga berilgan bonus va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar shaklida qo‘lga kiritilgan.

Biroq Kuk yuqori haq to‘lanuvchi uning boshqaruvchilari qatoridan ortda qoldi. Bosh moliya direktori Luka Maestri yil davomida 25,3 million dollar ishladi.

Yil yakuniga ko‘ra, eng yuqori haq to‘lanuvchi xodim esa chakana va onlayn sotuv masalalari bo‘yicha katta vitse-prezident Anjela Arends bo‘ldi. Uning yil davomidagi daromadi 25,8 million dollarni tashkil etdi.

Яндекс.Метрика