У нас есть только
оригинальные песни

Tim Kuk Apple Watch savdolari hajmi rekord darajaga yetganini ma’lum qildi

calendar 07.12.2016
1238

Apple Watch “aqlli” soatlari savdosi Yangi yil bayrami arafasida keskin o‘sdi va gadjetning butun tarixi davomidagi yangi rekordni o‘rnatdi. Bu haqda Apple kompaniyasi rahbari Tim Kukka tayanib, “RBK” xabar berdi.

“Savdolar hajmining o‘sishi chegaradan tashqariga chiqdi. Bayramoldi shopingning birinchi haftasidayoq Apple Watch savdolari hajmi ushbu mahsulot chiqarilgan vaqtdan buyon har qanday haftadagidan kattaroq bo‘ldi”, — dedi Kuk.

Apple rahbari ta’kidlashicha, “aqlli” soatlar bu yil “eng ommabop sovg‘alardan biri”ga aylanishi mumkin, shu sababli kompaniya Apple Watch tarixidagi eng yaxshi chorakka tayyorlanmoqda.

Kuk savdolar hajmi bo‘yicha aniq raqamlarni keltirmadi. Avvalroq IDC tadqiqot kompaniyasi 2016-yilning uchinchi choragida Apple Watch savdolari 2015-yilning shu davriga nisbatan 71 foizga tushib ketib, 1,1 million donani tashkil qilganini aytgan edi.

Яндекс.Метрика