У нас есть только
оригинальные песни

Tim Kuk iPhone’larning narxi ortiqcha oshirilganligini tan oldi

calendar 25.05.2016
1299

Apple rahbari Tim Kuk Hindistonning NDTV telekanaliga bergan intervyusida iPhone’lar narxi AQShdan tashqarida ortiqcha oshirilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Jurnalistning iPhone narxi Hindistonda dollarga chaqqanda ham baland ekanligi, shu bilan birga, AQShdan tashqarida uning barcha funksiyalari ham ishlamasligi haqidagi fikriga javoban, Kuk soliq va bojlar iPhone narxini haqiqatan ham “juda baland” qilayotganini aytdi.

“Bizning rentabelligimiz Hindistonda sezilarli darajada pastroq, biroq tan olamanki, narxlar baland. Biz asta-sekinlik bilan narxni imkoni boricha pasaytirish uchun choralar ko‘rmoqchimiz”, — dedi u. Kuk ta’kidlashicha, Apple smartfonlarni arzonlashtirish uchun sifatni pasaytirish yo‘lidan bormoqchi emas.

Яндекс.Метрика