У нас есть только
оригинальные песни

Tinch okeanida 6 tonnalik kokain moddasi ushlandi

calendar 11.05.2018
963

AQSh sohilbo'yi qo'riqlash xizmati kemalari Florida shtatining portlaridan biriga Tinch okeanining sharqiy qismida o'tkazilgan 2 oylik amaliyot davomida ushlangan 6 tonna kokainni yetkazdi.

Fevral oxiridan aprel o'rtalarigacha davom etgan patrullash davomida xizmatning 3 ta kateri ishtirok etgan. Ma`lum qilinishicha, giyohvand modda Meksika hamda Markaziy va Janubiy Amerika sohillari yaqinidagi xalqaro suvlarda tutilgan 6 ta turli kemadan musodara qilingan. 

Bunda James kateri ekipaji ayniqsa jonbozlik ko'rsatgan. U uchta kemadan 2 tonnadan ko'proq kokain moddasini musodara qilgan.

Qora bozorda umumiy narxi 180 mln dollarni tashkil qiluvchi ushbu kokain partiyasi yo'q qilinish uchun Fort-Loderdeyl shahri portida tushirilgan.

Яндекс.Метрика