У нас есть только
оригинальные песни

Tinch okeanidagi chiqindi dog‘i Fransiya hududidan uch karra kattalashdi

calendar 25.03.2018
1147

Tinch okeanidagi chiqindi dog‘i Fransiya hududidan uch karra kattalashdi

Tahlil natijalari chiqindilarning umumiy massasi avval hisoblab kelingandan 16 marta ko‘p ekanligini ko‘rsatdi. Eng tashvishlisi u o‘sishda davom etmoqda.

Olimlar 80 ming tonnaga yaqin suzib yurgan plastikni aniqladi, bu taxminan 500 ta samolyot og‘irligiga tengdir. Unda aynan plastmassa predmetlar eng ko‘p aniqlangan. Olimlar 1,8 trillion plastmassa parchasi haqida xabar bermoqda. Plastik parchalari oxirgi vaqtlarda Kaliforniya va Gavayi o‘rtasida suzib yurib, okeandagi butun tirik organizmlarga ikki karra tahdidni yuzaga keltirmoqda.

Ocean Cleanup Foundation fondi tadqiqotchilarining so‘zlariga qaraganda, har yili okean suvlariga sakkiz million tonnadan kam bo‘lmagan yangi plastmassa tashlanmoqda. Bugungi kunda Tinch okeanidagi chiqindi dog‘i Fransiya hududidan uch karra kattaroqdir.

Яндекс.Метрика