У нас есть только
оригинальные песни

Tinch qo'ydim seni...

calendar 22.10.2011
2097


Befarqgina boqib, "Yo'llarimdan qoch!" deding,
Ko'ksim to'la azob bilan bo'shatdim yo'lni.
Og'riqlar ummoniga g'arq etding dilni,
Baxtingga yetaver, tinch qo'ydim seni.

"Senga yozgan xatlarimni qaytar!" deding,
Bir so'z demasdan men, ayladim bajo,
Kulga aylantirding barchasin, qilsamda iltijo
Mayli ketavergin, tinch qo'ydim seni!

"Ortiq meni esalama, unutgin!" deding,
Bir so'z demay ko'z yoshimga bo'ldim asr,
Sen esa bu xolimga qilganding jaxl,
Unuta olmayman, ammo ishon tinch qo'ydim seni!

"Yuzingda nur yo'q, toshsan, hissizsan!" deding,
Ko'zlarimni chirt yumdimu, ichga yutdim dardimni,
Quyon qiyofasida ko'rayotgandim mardimni,
Hislarimni aytolmadim o'zingga, ammo tinch qo'ydim seni!

"Bir dona bo'sa hadya etmading!" deding,
Dosh berolmay kaftimla berkitdim yuzni,
Ko'zlaringga tikolmadim aybdor ko'zni,
Ortimga o'grildimu, tinch qo'ydim seni.

"Men haqimda o'zgalarga so'zlama!" deding,
Qaramadim ortimga, so'zlaringga qilmadim parvo,
Nahot shu achchiq so'zlarni menga ko'rding ravo,
Ortiq bezovta qilmadim, tinch qo'ydim seni!

Yillar o'tdi oradan, qaytib kelding yonimga,
Bir so'zing bilan sen ozor berding jonimga.
"Sendek hech kim bo'lmadi, qayt jonim, qaytgin" deding,
Ammo endi kech, ancha avval tinch qo'ygandim seni.

Qo'llarimdan tutding, yalinding, yolvording,
"Muhabbatingni sog'indim, borim" deding.
Qaytar dunyo, qaytdi o'zingga barcha qilmishing,
Ko'rmoqqa yo'q ixtiyorim, tinch qo'ygin meni!

O'tkinchi nafsingni jilovlay bilmading,
"Hissiz toshsan!" deya nojoiz ayblading!
Mana bu mening tosh qalbim qarori bilsang,
Ko'rmoqqa yo'q ixtiyorim, tinch qo'ygin meni!

Sensiz ham bo'ldim men baxtli va taxtli,
Tinch qo'ydim seni, uzilmadi tandagi jonim,
Xo'rlanganimni eslasam, falakni quchar fig'onim,
O'z baxtingni qidirgin, tinch qo'ygin meni!
Яндекс.Метрика