У нас есть только
оригинальные песни

Tirnog‘ini 1952-yildan buyon olmagan hindistonlik jahon rekordini o‘rnatdi

calendar 31.10.2015
4179

Hindistonlik Shridxar Chillal jahondagi eng tirnog‘i uzun odam sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi.

Shridxar Chillal chap qo‘lidagi tirnoqlarini 1952-yildan buyon olmagan. Tirnoqlarning umumiy uzunligi 909,6 santimetrga teng (har bitta barmoqdagi tirnoq uzunligi 164,5 dan 200 santimetrgacha yetgan).

Uning so‘zlariga ko‘ra, tirnoqlar juda mo‘rt bo‘ladi, shuning uchun u har doim, ayniqsa, uyqu vaqtida ehtiyotkor bo‘lishi lozim. Shridxar taxminan har yarim soatda uyg‘onishi va qo‘llarini qimirlatishiga to‘g‘ri kelishidan nolidi.

Tashqi ko‘rinishining o‘ziga xosligi tufayli Shridxar ishga olinmagan va uzoq vaqt davomida uylanolmagan. Ammo, uning aytishicha, bunday noqulaylikning yaxshi tomoni ham bor. "Hech qachon navbatda turishimga to‘g‘ri kelmagan”, — deydi u. Bundan tashqari, rekordchiga har doim diqqat markazda bo‘lish ham yoqadi.

Shridxarning yoshi 78 da, uning chap qo‘lidagi tirnoqlari esa 62 "yoshda”. O‘z maqsadiga yetgan hindistonlik rekordsmen endi tirnoqlarini muzeyga topshirishni rejalashtirmoqda.

Ayollar o‘rtasida tirnoq uzunligi bo‘yicha rekord las-vegaslik Kris Voltonga tegishli. 2011-yilda u Ginnes rekordlar Kitobiga kiritilgan, uning eng uzun tirnog‘i 91 santimetr bo‘lgan. Barcha tirnoqlarining umumiy uzunligi esa olti metrdan oshgan. Ayol tirnoqlari parvarishi uchun kunda bir necha soat vaqt sarflagan.

Яндекс.Метрика