У нас есть только
оригинальные песни

“Tish ipi”dan foydalanishning samaradorligi isbotlanmadi

calendar 03.08.2016
1629


Tish ipining samaradorligi isbotlanmadi. Bu haqida Associated Press ma`lum qildi.
2015 yilda Associated Press (AP) agentligi AQSh hukumatiga tish ipidan foydalanishning samaradorligini isbotlovchi dalillar taqdim etishni so'rab murojaat qildi. 
2016 yilda esa hukumat bunday tozalash usulini “Amerikaliklar uchun parhez ko'rsatmalar” rasmiy ro'yhatidan olib tashlab, tish ipining samaradorligi haqiqatda isbotlanmaganini tan olib, agentlikka hat yo'lladi.
Shahsiy tadqiqot doirasida agentlik so'nggi yillarda o'tkazilgan 25 tadqiqotni o'rganib chiqdi va ularda keltirilgan dalillarni “zaif”, “past sifatli” yoki “ishonchsiz” deya baholadi. Amerika stomatologlari assotsiatsiyasining saytida bunday ipdan foydalanish tish kasalliklarining oldini olishida yordam berishi haqida ma`lumot berilgan. Biroq AP hodimlari bu ko'rsatmalarning asossiz ekanligini aniqlashdi. 
Manbaga ko'ra, tish iplarining ishlab chiqarilishi va sotuvi hajmi yiliga 2 milliard dollarni tashkil qiladi. Ushbu gigiYena vositasini ishlab chiqaruvchilar ham ularning foyda berishiga doir zarur dalil keltira olishmadi. 

Яндекс.Метрика