loading...

 

“Titanik” halokati bilan bog'liq yangi taxmin ma`lum qilindi

Britaniyalik jurnalist Shenan Moloni 30 yil davomida “Titanik” tarixini o'rgandi va laynerning halokati bilan bog'liq o'z taxminini bildirdi. 1500 dan ortiq inson halok bo'lgan hodisa yonilg'i saqlanadigan joyda o't chiqishi sabab sodir bo'lgan bo'lishi mumkin. Molonining fikricha, bir necha hafta davom etgan yong'in natijasida kema qoplamasi qizib ketgan – aynan shuning uchun aysberg bilan to'qnashuv fojiali yakunlangan. Shenan Molonining tadqiqotiga bag'ishlangan film Britaniya televideniyesi tomonidan yangi yil kechasi efirga uzatildi. “Titanik”ning halokati borasidagi yangi taxmin haqida The Independent so'z yuritdi.

“Titanik” – o'z davridagi eng yirik okean layneri bo'lib, 1912 yilning 15 aprel kuni o'zining ilk reysi chog'ida cho'kib ketgan. Kema Atlantika ummonida aysberg bilan to'qnashgan. Halokat oqibatida 1500 dan ortiq inson qurbon bo'ldi. Rasmiy ma`lumotlarga ko'ra, fojia “kema xavfli, muzlab qolgan suvlarda katta tezlikda harakatlangani, va jamoa aysberg bilan to'qnashuvning oldini ola bilmagani» tufayli yuz bergan.

Britaniyalik jurnalist Shenan Molonining taxminicha, “Titanik”ning halokatiga aslida yonilg'i saqlanadigan joydagi yong'in sabab bo'lgan. Molonining fikricha, olov laynerda uning Sauthemptondan chiqishidan avval paydo bo'lgan hamda uni bir necha hafta davomida o'chira olishmagan. Bu vaqt davomida kema qoplamasi qizib ketgan, shuning uchun aysberg bilan to'qnashuv jiddiy oqibatlarga olib kelgan.

The Independent’ning yozishicha, Shenan Moloni halokat tafsilotlarini o'rganish jarayonida laynerning reysga chiqishidan avvalgi suratlarini o'rganib chiqqan. Aysberg bilan to'qnashuv oqibatida zarar ko'rgan qoplamaning ichki tarafida qurum izlari topildi. Mutaxassislar ham izlar “Titanik” yonilg'i baklaridan biridan yong'in sabab paydo bo'lganini tasdiqlashgan.

Ma`lum bo'lishicha, yong'in “Titanik” Sauthemptonga kelishidan avval boshlangan. Jurnalist kema egalari bu holatdan xabardor bo'lgani va uni yo'lovchilardan berkitishga urinishganini aniqladi: buning uchun uni Sauthemptondagi qirg'oqqa boshqa yonboshi bilan olib kelishgan. Zobitlarga esa yo'lovchilarga yong'in haqida gapirmaslik haqida buyruq berilgan.

Yo'l davomida 12 kishidan iborat jamoa olovni o'chirish bilan band bo'lishgan, biroq buning uddasidan chiqa olishmagan. Shenan Molonining aniqlashtirishicha, kemaning bu joydagi qoplamasi Tselsiy bo'yicha 1000 daraja issiqqa qadar qizib ketgan. “Titanik” yo'lga chiqqanining beshinchi kunida aysberg bilan to'qnashib ketgach, qoplama bardosh bera olmagan va bortda yirik teshik paydo bo'lgan.

Jurnalistning fikricha, “Titanik” halokatiga faqatgina aysberg sababchi emas: layner bilan bog'liq fojiaga bir qator omillar, jumladan yong'in va kema egalarining befarqligi olib kelgan.


Комментарии (0) | Добавить: 02.01.2017

Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

"EZOZ" guruhidan yangi tarona "Yomg'ir yog'ar"
Erta turish uchun 10 sabab va buni amalga oshirishning yo'llari
Dubayda dunyodagi birinchi aylanuvchi osmono‘par bino quriladi
Olimlar to'yib uxlamaslik semirishga olib kelishini aniqlashdi
Barak Obama Fransiya prezidentligiga nomzod qilib ko`rsatilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Qarshida militsionerning xonadonida mehmon bo‘ldi
Microsoft asoschisi Bill Geytsning biz bilmagan qirralari
Yer aholisi 26 fevralda antiqa astronomik hodisa guvohi bo'ladilar
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi
Markaziy bank: Plastik karta egalari uchun qarz olish xizmati joriy etiladi
Erkak kishi uchun hech qachon qilmaslik lozim bo`lgan 6 narsa
2020 yilgacha Yevropa Ittifoqiga birorta davlat qo'shilmaydi
“Farg‘onaazot”da portlash yuz berdi. Qurbonlar bor
Qahva va energetiklar o‘rnini bosadigan tetiklashtiruvchi ichimliklar
Google kompaniyasi Uber’ni sudga berdi
Yangilangan “g'isht” Nokia’ning o'ziga xos jihatlari oshkor bo'ldi
Yerga o'xshash yana yetti sayyora aniqlandi
Sobiq ittifoqning birinchi va so'nggi prezidenti Germaniyadagi villasini sotuvga qo'ydi
Skype’ning "yengillashtirilgan" versiyasi taqdim etildi
Xorazmda GM Uzbekistan xodimlari hibsga olindi
Instagram 10ta suratni 1ta postda chiqarish imkonini yaratdi
Urganch-Xiva temir yo'li qachondan ishga tushirilishi ma`lum bo'ldi
Toshkent shahrida pensionerlarga bir oyda jami qancha naqd pul to‘lanadi? Javob — bitta rasmda
O'zbekistonda spays narkotik moddaga tenglashtiriladi