У нас есть только
оригинальные песни

«Titanik» qoldiqlari auksionda sotilmoqda

calendar 16.04.2018
1288

1912-yili Atlantika okeaniga g‘arq bo‘lgan va 1496 kishining hayotiga zomin bo‘lgan «Titanik» kemasining ayrim qoldiqlari auksionga qo‘yildi. Bu haqda «Sabah» habar bermoqda

Angliyadagi «Henri Aldrij va uning o‘g‘li» (Henry Aldridge & Son) auksion markazida keyingi hafta kimoshdi savdosiga qo‘yiladigan qoldiqlar orasida menyu, maktublar, pochta varaqalari va kema tarixiga oid suratlar o‘rin oladi.

Bulardan eng e’tibor tortadigani Tomas Mudning «Titanik – muhtasham kema, uning harakatini payqash qiyin» deya yozilgan pochta varaqasidir. Auksionga qo‘yiladigan qoldiqlar orasida «Titanik» menyusining yuqori narxda sotilishi kutilayapti.

Яндекс.Метрика