У нас есть только
оригинальные песни

To'qqiz kamerali smartfon ishlab chiqarildi

calendar 01.07.2018
1603

Light kompaniyasi to'qqiz kamerali smartfonni ishlab chiqardi. Qurilmaning rasmiy taqdimoti yilning ikkinchi yarmida bo'lib o'tishi kutilmoqda. Washington Post shu haqida xabar berdi.

Manbada ta`kidlanishicha, yangi smartfonning bir necha prototipi ishlab chiqilgan: besh va to'qqiz kamerali. Mutaxassislarning g'oyasiga ko'ra, qurilmada olingan suratlarning o'lchami 64 megapikselni tashkil qiladi.

Bo'lg'usi devaysning narxiga doir ma`lumotlar hozircha yo'q. 

Light bunday noodatiy texnik qurilmalarni birinchi marta ishlab chiqarishi emas. Bundan avval ishlab chiqaruvchilar 16 ob`yektivli kamerani namoyish qilishgan edi. Qurilma 52 megapikselgacha suratlarni olishga qodir. Har bir kamera bir vaqtning o'zida suratga olib, keyin 16 tasi avtomatik ravishda bir fotoga birlashtiriladi. 

Яндекс.Метрика