У нас есть только
оригинальные песни

To'rt metrli bo'g'ma ilon uch bug'uni paqqos tushirdi

calendar 03.12.2016
2116

AQShda uzunligi to'rt metrdan oshiqroq bo'lgan bo'g'ma ilon ushlandi. Uning ichida esa uchta bug'uning qoldiqlari topilgan. Bu haqda Seeker nashri xabar bermoqda.Yirik sudralib yuruvchi Florida yarim orolining janubida joylashgan Evergleyd tabiat qo'riqxonasida aniqlangan bo'lib, uning uzunligi 457 santimetr kelgan. Milliy bog' xodimlari jonivorni ushlab, o'ldirishga majbur bo'lishdi.Bo'g'ma ilonning ichida esa yirik oq dumli bug'u va ikkita kichik bug'u bolasining qoldiqlari topilgan. Bug'uning taxminiy og'irligi 45 kilogramm bo'lsa, kichik jonivorlar 17 va 13 kilogramm kelgan.Olimlarning taxminicha, ilon ularni ushlab olib, bo'g'ib o'ldirgan hamda uch oy davomida asta-sekinlik bilan yutib borgan. Aftidan ular suv yoqasida qo'lga tushirilgan.“Agarda bo'g'ma ilon uch bug'uni uch oyda yeyishi mumkin bo'lsa, u yana nimani iste`mol qilishi haqida tasavvurga ham ega emasligimiz oydinlashadi”, - dedi tadqiqot mualliflaridan biri, biolog Skott Bobek.Ma`lumot uchun, odatda qora bo'g'ma ilon 3,7 metrgacha bo'lishi mumkin. Bu jonivorlar orasidagi rekord esa 5,74 metrga teng bo'lgan ilonga tegishli.

Manba: kun.uz

Яндекс.Метрика