У нас есть только
оригинальные песни

To'ydan ham fayzli o’tgan Maxmud Nomozov konsertidan fotoreportaj!

calendar 21.05.2014
4673

O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq artisti Mahmud Nomozov o’zining navbatdagi konsert dasturini taqdim etdi.


Konsertni boshlovchi Tolibjon Isroilov yaxshi kayfiyatda ochib berdi va konsert dasturiga START berildi…

 Parda ochilgunga qadar hayolimdan biroz zerikarli o’tadimi degan fikr o’tgandi, ammo, yo’q. Bunday bo’lmadi… Konsertning boshiga biroz sokinlik bilan boshlangan qo’shiq birdan BAQIRVORDI.
Ajoyib milliy qo’shiq bilan boshlandi va qo’shiqdan keyin muhlislari bilan salomlashib olgan Mahmud Nomozov muhlislariga qalb tubidagi sirlarini ochdi. Navbatdagi "Qishlog’im” nomli qalbga yaqin taronasini juda bir SEHRLI VARIANTI ham muhlislar qalbidan joy oldi. Haxsan menga yoqdi, fanatlik qilish emas-ku, qalbga yetib bora oldi. Shu bilan birga otasi haqidagi qo’shig’i ko’plab muhlislarni YIG’LATDI… Yana bir sababi Mahmud Nomozov ushbu qo’shiqni dardan, yurakdan JONLI KUYLADI, bu ko’plab muhlislarning gulduros olqishiga sabab bo’ldi. Shu bilan birga dastur davomida ko’plab milliycha raqsbop yangi va eski repertuardan foydalanib, ularning ko’plariga raqslar saxnalashtirib, qo’shiqlarning o’zgacha bir variantlari ham taqdim etildi. Konsert mehmoni bo’lgan "Handalak” guruhi kechaga a’lo kayfiyat ulashishga QO’LIDAN KELGANCHA harakat qilishdi, qaysidur ma’noda buning uddasidan chiqishdi. Shuningdek musiqiy ketma-ketlikda Hosila Rahimovaning ukasi Abdumannon Rahimov tomonidan kuylangan "Gajak-gajak” qo’shig’ini Mahmud Nomozov sho’xroq variantda taqdim etdi.
Sahna dekloratsiyasiga kelsak, imkon darajasida milliylikni saqlab qolgan holda zamonaviylikka intilgani sezilib turibdi. Libos masalasida ham unchalik dabdabozlikka berilmagan, har doimgidek, klassik va o’zining surhoncha liboslaridan foydalandi.Konsertda ijodkorning mehnati singgani yaxshigina bilingan, juda qattiq tayyorlangan shekilli, bu yilgisi har doimgidan ham JONLIROQ va O’ZGACHAROQ o’tdi. Mahmud Nomozovning keyingi konsert kunlarini muvaffaqiyatli o’tkazib olishini tilab qolamiz…))
























Muallif: Baxodir Xikmatov
Яндекс.Метрика