У нас есть только
оригинальные песни

To‘ylardagi Love story udumi tanqid qilindi

calendar 10.09.2015
4362

"Oila davrasida” gazetasida "Love story yoxud to‘ydagi tomosha” nomli maqolada o‘zbek to‘ylarida paydo bo‘layotgan yangi odatlar tanqid qilindi.

Maqola muallifi o‘z dugonasining nikoh to‘yida yuz bergan holatlarni misol qilib keltirdi.

"Bir dugonam turmushga chiqadigan bo‘ldi. O‘zi juda aqlli, oilasi ham ziyoli. Kuyov ham o‘ziga yarasha xislatlarga ega. Buning ustiga, xorij oliygohlaridan birini tamomlagan. To‘yga ham oz vaqt qoldi, dugonam ham, kuyov bo‘lmish ham juda hayajonda.

To‘y juda hashamatli to‘yxonada bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarning esa keti uzilmadi. Dugonam ham xuddi malikalardek. To‘yning ayni avj nuqtasida chiroqlar o‘chdi. Ikki qalbning sevgi qissalari boshlanib ketdi. Ekranda inglizcha katta yozuvlarda Love story so‘zi paydo bo‘ldi. To‘ylarda bu ‘udum’ni ilgari hech uchratmagandim. Katta ekranda yigit va qizning tabiat qo‘ynida, zamonaviy kiyimlarda sayr qilib yurishi, qo‘l ushlashib bog‘ qo‘ynida dam olayotgani aks etgan edi”, — deyiladi maqolada.

Muallif bu nimaligini so‘raganda, uning dugonasi bu — zamon bilan hamnafaslik ekanligi, hozir chet elda Love Story moda ekanligini aytgan. Maqola muallifi "Kelinlar qo‘zg‘oloni” filmidagi Farmonbibining: "Xo‘rozqand chet elniki desa, yotvolib yalashadi bular”, degan gaplarini yodga olgan.

Shundan keyin kelin-kuyov valsga tushgan.

"O‘zbek mentaliteti qabul qiladimi bu holatni? Ular xorij filmlaridagidek katta davrada yolg‘iz valsga tushdi. Kimdir bu holatni shunchaki qabul qildi, kimgadir erish tuyuldi. Kuyov bo‘lmish bir umrlik jufti-halolini hammaga ‘reklama’ qilgandek, ko‘z-ko‘z qilishi shartmidi? Xorijda o‘qigan bo‘lsa, u yerdagi udumlarning bizga nima daxli bor, o‘sha yerda qoldirish kerak. O‘zimizda shunday chiroyli urf-odatlar, an’analar turganda… Ota-onalar-chi? ‘Farzandim shuni xohladi, hammasi u aytganidek bo‘ladi’, deb o‘tiraversa, kelajak avlodga nima qoladi? Hamma narsaning ham chek-chegarasi bo‘lishi kerak emasmi?”, — deyiladi maqolada.

Яндекс.Метрика