У нас есть только
оригинальные песни

Toj-Mahalga kirish cheklanadi

calendar 03.01.2018
1219

Hindiston hukumati dunyodagi eng mashhur arxitektura yodgorliklaridan biri bo'lmish — Agradagi Toj-Mahal maqbarasiga kirishda cheklovlar o'rnatmoqchi. Bu haqda South China Morning Post xabar tarqatdi.

Hukumat tarixiy obidani yaxshi saqlash uchun shunday chora ko'rmoqda. Ushbu maqbara oq marmardan qurilgan, sayyohlarning ko'p oqimi esa marmarni ifloslantirishi va zararlashi mumkin. 2016 yilda maqbaran ziyorat qilish uchun kelgan sayyohlar soni 6,5 million kishini tashkil qilgandi, ularning aksar qismi — hindlar.

Bu loyiha qabul qilinsa, Toj-Mahalga kirishi mumkin bo'lgan tashrifchilar soni kuniga 40 ming kishidan ortiq bo'lmaydi: ayni vaqtda, bayram kunlarida ularning soni kuniga 70 ming nafarni tashkil qilmoqda. Xorijlik sayyohlarga cheklovlar bo'lmaydi. Xorijliklar uchun maqbaraga kirish uchun to'lov 1000 rupiy (16 dollar atrofida), hindlar esa chiptani 40 rupiyga xarid qilishlari mumkin.

Toj-Mahal — Agrada, Jamna daryosi qirg'og'ida qurilgan. Uni Boburiylar sulolasi vakillaridan biri Shoh-Jahon o'zining vafot etgan rafiqasi Mumtoz-Mahalga yodgorlik sifatida barpo etgan. Shoh-Jahonning o'zi ham shu yerga dafn qilingan.

Yodgorlik hind, fors va arab me`morlari tomonidan birgalikda qurilgan. 1983 yilda mazkur maqbara YuNeSKO ro'yxatiga kiritilgandi.

Яндекс.Метрика