У нас есть только
оригинальные песни

Tojikiston O'zbekiston tufayli elektr energiyasi eksporti rejasini ortig'i bilan bajardi

calendar 03.09.2018
1006

Tojikistondan O'zbekistonga elektr energiyasi eksport qilish hajmining o'sishi joriy yilning ikkinchi yarmi boshlanishi bilan yuz berdi. Joriy yilning iyul oyida O'zbekistonga 417 million kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Bunga qadar O'zbekistonga 110-120 mln kilovatt-soat har oyda eksport qilingan, deyiladi «Tojikistonda monitoring va erta ogohlantirish» hisobotida. Bu haqda «ASIA-Plus» yozmoqda.

Tojikiston bu yil aprel oyidan boshlab to'qqiz yillik tanaffusdan so'ng O'zbekistonga elektr energiyasini yetkazib bera boshladi. Kutilishicha, joriy yilning oxirigacha Tojikiston O'zbekistonga kamida 1,5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi eksport qiladi.

Ikki mamlakat elektr energetika kompaniyalari tomonidan erishilgan kelishuvlarga muvofiq, O'zbekiston yozgi davrda Tojikistondan elektr energiyasini har bir kilovatt uchun ikki sentdan, qishda - 2,5 sentdan sotib oladi.

YeXHT ko'magida mamlakat Iqtisodiy taraqqiyot va savdo vazirligi tomonidan har oyda tayyorlanuvchi hisobotda aytilishicha, shu yilning iyul oyida Tojikiston ishlab chiqarilgan elektr energiyaning 30,2%ini eksport qildi.

O'zbekistonga eksportning tiklanishi va hajmining oshirilishi Tojikistonga yilning ikkinchi yarmi boshidayoq 2018 yilga rejalashtirilgan elektr energiyasi eksporti hajmidan oshish imkonini berdi. Joriy yilning boshidan buyon respublika 1 milliard 557 million kilovatt-soat elektr energiyasi eksport qildi.

Яндекс.Метрика