У нас есть только
оригинальные песни

Tojikiston parlamenti Emomali Rahmonga cheklanmagan miqdorda qayta saylanish huquqini berdi

calendar 22.01.2016
864

Tojikiston Oliy majlisining quyi palatasi amaldagi prezident Emomali Rahmonga ushbu lavozimga cheksiz miqdorda nomzodini ko'rsatish va saylanish huquqini beradigan konstitutsion o'zgartish va qo'shimchalarni tasdiqladi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, deputatlar yangi qonun loyihasi matnini mamlakat konstitutsion sudiga yo'llagan; sud ekspertizasidan so'ng o'zgartishlarning umumxalq referendumiga qo'yilish-qo'yilmasligi ma'lum bo'ladi.

Яндекс.Метрика