У нас есть только
оригинальные песни

Tojikiston prezidenti Dushanbe hokimi lavozimini "begona qilmadi"

calendar 13.01.2017
1296

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon poytaxt Dushanbe shahri hokimi etib o'zining to'ng'ich o'g'lini tayinladi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Axborot agentligi ma`lumotlariga ko'ra, 12 yanvarda Rahmon Dushanbe hokimi lavozimidan Mahmadsaid Ubayduloyevni ozod etgan. "Ubayduloyev bu lavozimni 15 yildan ko'proq egallagan. Uning o'rniga prezident to'ng'ich o'g'li, bungacha Korruptsiyaga qarshi kurash va moliyaviy nazorat agentligi rahbari lavozimini egallagan Rustam Emomalini tayinladi", deb ma`lum qildi axborot agentligi manbasi. 

Shuningdek, hokim o'rinbosarlari va tumanlar raislari ham o'zgartirilgan. 

Avvalroq Rahmonning qizi Ozoda Rahmon senator bo'lgani ma`lum qilingandi. Bungacha u prezident ma`muriyati rahbari bo'lib ishlagan. Ozoda Rahmon 1978 yil 3 yanvarda tug'ilgan. Mutaxassisligi huquqshunos, favqulodda va muxtor elchi diplomatik mavqeiga ega. U tojik, rus va ingliz tillarini biladi, 5 farzandning onasi. Uning turmush o'rtog'i Jamoliddin Nuraliyev Tojikiston Milliy banki raisi birinchi o'rinbosari bo'lib ishlaydi.

Tojikiston prezidenti serfarzand rahbar hisoblanadi, uning 9 nafar farzandi – 7 qizi (Firuza, Ozoda, Ruhshona, Taxmina, Parvina, Zarrina va Farzona) va 2 o'g'li (Rustam va Somon) bor.

Яндекс.Метрика