У нас есть только
оригинальные песни

Tojikiston terrorizm tahdidi sabab barcha sim-kartalarni qayta ro'yhatdan o'tkazadi

calendar 03.08.2016
1686

Tojikiston mobil' operatorlari terrorizm tahdidlari tufayli, avval sotilgan barcha sim-kartalarni qayta ro'yhatdan o'tkazishi kerak bo'ladi. Bu haqda, mamlakat hukumati huzuridagi Aloqa hizmatining aloqalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbari Jonibek Dadomatov ma`lum qilgan. 

Aloqa hizmati ma`lumotlariga binoan, joriy yilning 1-iyul' holatiga ko'ra, respublikada ro'yhatga olingan mobil' telefon raqamlari soni 10 mlnni tashkil etadi, shundan 4,9 millioni faol raqamlardir. 

So'nggi yillarda mobil aloqa operatorlari sim-kartalarining 70 foizdan ortig'i biron hujjat taqdim etilmasdan tarqatilgan. Bundan tashqari, Tojikiston mobil' operatorlarining sim-kartalari Afg'oniston shimolida ham sotilgan. 

Endilikda, hukumat qaroriga muvofiq, yangi sim-kartalar faqatgina pasport ko'rsatilganda sotiladi, eski sim-kartalarni qayta ro'yhatga olish bir yil davomida amalga oshiriladi. 

Shu bilan birga, uning qayd etishicha, Davlat Aloqa hizmati Tojikiston mobil' operatorlarining sim-kartalaridan Afg'onistondagi terrorchi va ekstremist guruhlar foydalanishining oldini olish borasida zarur choralar ko'rgan.

Яндекс.Метрика