У нас есть только
оригинальные песни

Tojikistonda elektr ta’minoti qayta tiklandi

calendar 29.10.2016
1395

Tojikiston poytaxti Dushanbeda elektr ta’minoti qayta tiklandi. Dushanbe va boshqa bir qator yirik shaharlar bir necha soat davomida chiroqsiz qolgan edi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

2009-yildan beri kuzatilgan eng yirik avariya tufayli hatto hukumat binolari, davlat televideniyesi va radiostansiyalar elektr quvvatisiz qoldi. Bu holat 2 soat 20 daqiqa davom etdi.

Generatorlar tufayli poytaxt aeroportining ish rejimini saqlab qolish mumkin bo‘ldi. Mobil aloqa stansiyalari ham generatorlarda ishlab turdi.

Dushanbedan tashqari, Xo‘jand, Qo‘rg‘ontepa va Ko‘lob shaharlarida chiroq butunlay o‘chib qolgan edi. Tog‘li Badaxshonda uzilishlar kuzatilmadi.

Ko‘lob va Xo‘jandning ayrim tumanlarida ham elektr ta’minoti sekin-asta qayta tiklanayotgani aytilmoqda.

Яндекс.Метрика