У нас есть только
оригинальные песни

Tojikistonda yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh taqiqlandi

calendar 13.01.2016
1458

Tojikiston parlamentining quyi palatasi hukumat tomonidan taklif etilgan qonunchilikdagi o‘zgarishlar — yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni taqiqlovchi tuzatishlarni ma’qulladi. 

“Bundan buyon aka-ukalar, opa-singillar, amaki-tog‘a hamda amma-xolalarning bolalari o‘rtasidagi nikohlar man etiladi”, — deya ta’kidlagan mamlakat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vaziri Nusratullo Salimzoda. Uning aytishicha, o‘tgan yil avvalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 30 mingdan ziyod nogiron bolalar qayd etilgan bo‘lib, ularning aksariyati er-xotin yaqin qarindoshlar bo‘lgan oilalarda tug‘ilgan.

Tuzatishlarga ko‘ra, 2016-yil 1-iyuldan e’tiboran fuqarolar nikoh tuzishdan avval majburiy tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi talab etiladi: FHDYo idoralariga tegishli tibbiy hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazish man qilingan.

Яндекс.Метрика