loading...

 

Tojikistondagi Rog'un GES qurilish ishlarini shaxsan Emomali Rahmonning o'zi boshlab berdi

Tojikistonda 29 oktabr kuni dunyodagi eng katta tosh-shag'al to'g'oni - Rog'un GES qurilishiga start berildi. Uni shaxsan davlat rahbari Emomali Rahmonning o'zi boshlab berdi. Bu haqida Tojikiston Respublikasi prezidentining matbuot xizmati ma`lum qildi. 

"Millat rahbari Emomali Rahmon shaxsan o'zi buldozer ruliga o'tirib, ertalabki soat 10:00dan 11:30gacha, ya`ni bir yarim soat Vaxsh daryosi bo'ylab shag'al tashidi va shu tariqa tojik xalqi uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan Rog'un GESi qurilishini boshlab berdi", - deyiladi xabarda. 

Davlat rahbari ushbu muhim strategik ob`yektning qurilishi va qayta tiklanishi bugungi hamda kelgusi avlod vakillarining munosib hayot kechirishlariga zamin yasashini ta`kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, Rog'un GESi mamlakat iqtisodiyoti va umuman xalq xo'jaligidagi barcha sohalar rivoji uchun qulay sharoit yaratadi. 

Shuningdek GES ekspluatatsiyasi mamlakatda to'liq energetik mustaqillikka erishish borasidagi strategik maqsad bilan bog'lanmoqda. 

Bundan avval GES qurilish ishlari boshlanishi oldidan Vashx daryosining to'sib qo'yilganligi haqida xabar berilgandi. Rog'un GES Vaxsh daryosi bo'ylab barpo etilgan navbatdagi to'qqizinchi GES kaskadi bo'ladi. U, Dushanbe shahridan 110 km uzoqlikda joylashgan. Loyihaga ko'ra, GES har birining quvvati 600 mVtni tashkil etuvchi oltita agregatdan iborat bo'ladi.

 Stantsiya tosh-shag'al to'g'onining balandligi 335 metrni tashkil etadi. Bu dunyodagi eng baland to'g'on bo'lishi kutilayapti. Rog'un GES 3600 mVt (yiliga 17 mlrd. kVt/soatdan ko'p) elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan mintaqada eng yirik GES hisoblanadi. 

Ayni vaqtda, inshootni barpo etish ishlariga 15 ming kishi va 2,1 mingdan ortiq texnika jalb etilgan. 

Ish jadvaliga ko'ra, Rog'un GESning birinchi agregati 2018 yil oxirida ishga tushishi kerak. Ikkinchi agregati 2019 yil aprelida foydalanishga topshiriladi. O'zbekiston Respublikasi hukumati, mintaqadagi boshqa davlatlar, xususan Amudaryo quyi qismida joylashgan Turkmaniston hukumati bilan birga mazkur GESning qurilishiga keskin noroziligini bildirib keladi. Uning haddan tashqari balandlikda, seysmik faol hududda barpo etilayotgani O'zbekiston janubi va Turkmaniston sharqiy hududlariga jiddiy xavf solishi mumkinligi ta`kidlanadi.


Комментарии (0) | Добавить: 30.10.2016

Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash
loading...

«Новости»

20 yanvar Barak Obamaning so'nggi ish kuni
Eronlik sportchi ayol sportzalda selfiga tushgani uchun qamoqqa olindi
Hilola Hamidova yangi qo'shig'iga Tailandda klip suratga oldirdi (Foto)
Yuqori marralarni zabt etishning 7 ta siri
Rayhon kontsertiga kimning kelishini intiqlik bilan kutyapti?
Qualcomm Apple’ni o‘z chiplarini sotib olishga majbur qilgan
Террорчи Машарипов: “Мен ўлим топиш учун кетгандим...”
Alisher Fayz may oyida yakkaxon kontsert dasturini taqdim etadi
Samarqandni "zulmat"dan kim qutqaradi?
“Тошкент” каналидаги “Пойтахт йўлларида” кўрсатувида қоидабузар пиёдаларга нисбатан кўрилаётган қонуний чоралар ҳақида ҳикоя қилинади
O'zbekistonlik mashhur futbolchilar va ularning rafiqalari (Foto)
Ukrainada ilk marotaba uch ota-onadan farzand dunyoga keldi
Avval xajga borgan fuqarolarning takroriy ziyoratlari kechiktirib turiladi
Zebo Navro'zova kelinlarini qanday sinovdan o'tkazganini so'zlab berdi
Rossiya O'zbekistonga bojsiz neft yetkazib berishni rad etdi
Shahzoda BAAda ham dam oldi, ham ishladi: “Milliarder”ning klipi deyarli tayyor
Hokimiyatlar boshqaruv strukturasi o‘zgartirildi
Samsung Galaxy S8 savdoga chiqadigan sana ma`lum qilindi
To'ydan keyingi muhabbat haqida 10 afsona
Messi dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylanishi mumkin
Chiqqan qiz chig'iriqdan tashqarimi? Ota-onalarning oilaviy ziddiyatlarga aralashuvi haqida
Ozodbek Nazarbekov Sergelida uy qurayotgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi
Baxt kaliti qaerda? Yoxud baxti ochilmayotgan qizlar tasnifi
Qovoq eng, shamollamaysiz, anemiya bo'lmaysiz!