У нас есть только
оригинальные песни

Tojikistonlik ikki yoshli Putin Jo'rayevning ukasi Shoygu ismini oldi

calendar 02.02.2017
2014

Rossiyaning Vladimir viloyatida yashovchi tojikistonlik Jo'rayevlar oilasida 29 yanvar kuni o'g'il farzand dunyoga keldi. Unga bobosi Rahmon Jo'rayev Rossiya mudofaa vaziri sharafiga Shoygu deb ism qo'ydi. Bolaning to'la ism-sharifi - Shoygu Hurmadovich Jo'rayev.

«Shoygu Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini rivojlantirdi va nabiram uning sharafiga qo'yilgan ismni olib yurishga haqli», - deya ma`lum qildi Rahmon Jo'rayev «Novyy gorod Aleksandrov» nashri bilan suhbatda.

70 yoshli Rahmon Rossiya prezidentining katta muxlisi hisoblanadi. Erkak hattoki o'z uyida Rossiya prezidenti tasvirlangan turli buyumlardan iborat kichik muzey tashkil qilgan. Devorlarda esa Putin va Sobyaninning suratlari bo'lgan gilamlar osilgan.

«Men gazetada Misrda bir jurnalist o'z farzandiga Putin-Muxtor deb ism qo'yganini o'qiganimda, xayolimga fikr keldi: nima uchun uzoqdagi mamlakatda shunday ish yuz bermoqda, men esa Putin uchun o'limga ham tayyorman va o'z nabiramga prezident nomini bermasligim kerak», - deya ma`lum qildi Rahmon Jo'rayev.

Ma`lumot uchun, Jo'rayevlar Rossiyadan Tojikistonga yetti yil avval kelishgan bo'lib, Rossiya fuqaroligiga egalar. Ular birinchi besh yil davomida Moskvada yashashgan bo'lsa, endilikda Vladimir viloyatining Aleksandrov tumanidagi Legkovo qishlog'ida umr kechirishmoqda.

Яндекс.Метрика