У нас есть только
оригинальные песни

Tojikistonning Somon Air aviakompaniyasi Buxoroga texnik-tanishuv reysini amalga oshirdi

calendar 08.08.2018
744

Tojikistonning Somon Air milliy aviakompaniyasiga tegishli Boeing-737-300 samolyoti “Buxoro” xalqaro aeroportiga texnik-tanishuv reysini amalga oshirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

hu munosabat bilan tashrif buyurgan mehmonlar Buxoro shahar hokimligi mutasaddilari, jamoatchilik vakillari tomonidan tantanali kutib olindi. Yo‘lovchilar orasida qo‘shni mamlakat aviakompaniyasi direktorining birinchi o‘rinbosari Suhrob Jo‘rayev, sayyohlik firmalari rahbarlari, tadbirkorlar va OAV vakillari bor edi.

Qayd etishlaricha, yaqin vaqtlarda Dushanbe va Buxoro shaharlari o‘rtasida samolyot qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mo‘ljallanmoqda.

O‘zAning qo‘shimcha qilishicha, xorijiy aviakompaniya yo‘lovchi samolyotining tanishuv reysi muvaffaqiyatli o‘tdi. “Uni ko‘zda tutilayotgan muntazam qatnovlarning tashrif qog‘ozi, deyish mumkin”, — deyiladi agentlik axborotida.

Яндекс.Метрика