У нас есть только
оригинальные песни

Tokio ketma-ket 9 marta dunyoning pazandachalik poytaxti deb topildi

calendar 01.12.2015
1188

Yaponiya poytaxti Tokio nufuzli “Mishlen” gidi tomonidan tuziladigan restoranlar reytingining eng yuqori pog'onasini egalladi va navbatdagi marta dunyoning pazandachalik poytaxti deb topildi.Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, Tokio bu unvonga ketma-ket 9 marta loyiq deb topildi.

“Tokioda restoranlar miqdori juda ulkan, takliflar tanlovi juda keng”, deb aytdi “Mishlen” gidlari xalqaro direktori Maykl Ellis. Uning aytishicha, buning barchasi yapon megapolisini yuqori darajadagi pazandachilik uchun o'ziga tortuvchi qiladi.

“Mishlen” matbuot kotibining aytishicha, bu yil Tokioning 217 ta restorani yulduz oldi (o'tgan yili 267 ta restoran olgan edi). Bu ko'rsatkich barcha dunyo poytaxtlari orasida eng yaxshi ko'rsatkich bo'ldi. Shu restoranlardan 13 tasi eng yuqori baho – uchta mishlen yulduzi bilan taqdirlandi.

“Mishlen”ning birinchi restoran gidi 1990 yili chop etilgan. Yulduzlar bilan baholash tizimi 1920-yillardan kiritilgan. “Mishlen” gidi restoran biznesining “Oskar” mukofoti deb ham e'tirof etiladi.

Яндекс.Метрика