У нас есть только
оригинальные песни

Toshiba qayta tashkil etish ishlariga 2,5 mlrd dollar miqdorida kredit jalb qiladi

calendar 29.12.2015
930

Yaponiyaning Toshiba korxonasi operatsiyalarni qayta tashkil etish ishlari uchun so‘nggi uch oy ichidagi ikkinchi kredit liniyasini jalb qilib, 300 milliard iyena (2,5 milliard dollar) miqdoridagi pul mablag‘iga ega bo‘lmoqchi. Bu haqda Bloomberg bergan ma’lumotlarga asosan “Vedomosti” xabar qilmoqda.

                  

Ma’lum qilinishicha, Toshiba rahbariyati yangi kredit liniyasidan foydalanish imkoniyatiga 2016-yil yanvar oyining oxirigacha ega bo‘lishni rejalashtirmoqda. 2015-yil sentabr oyida korxona mamlakatdagi banklardan jami 400 milliard iyena miqdorida kredit olgan edi. Shunday qilib, yangi kredit liniyasi bilan birga uning jami qarzdorligi bir trillion iyenadan oshib ketishi ta’kidlanmoqda.

21-dekabrda Toshiba o‘zining tadbirkorlik faoliyatini qayta tashkil etayotganligini va joriy moliyaviy yilda rekord darajada zarar ko‘rganligini ma’lum qilgan edi. Toshiba’ni qayta tashkil etish rejasiga ko‘ra, korporativ tizim soddalashtirilib, 10 600 ta ishchi o‘rni qisqartiriladi. Moliyaviy yilning oxirigacha, ya’ni 2016-yil 31-martgacha korxonaning 5 foizga yaqin xodimi ishdan bo‘shatiladi yoki boshqa bo‘linmalarga o‘tkaziladi.

Яндекс.Метрика