У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent-4 aeroporti loyihasining tehnik-iqtisodiy asosi tayyorlandi

calendar 03.08.2016
1688

KOICA - Koreya halqaro hamkorlik agentligi Toshkent halqaro aeroportining yangi yo'lovchi terminali (Toshkent-4)ni qurish loyihasining tehnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishni yakunladi. Bu haqda, Milliy aviakompaniyaning ahborot hizmati habar qilmoqda. 

Loyiha tehnik iqtisodiy asosi joriy yil yanvar'-iyul' oylarida ishlab chiqilgan. Koreya tomoni hujjatda Toshkent aeroporti va O'zbekiston aviatsiya sohasining hozirgi holati, rivojlanish istiqbollarini baholab, «Toshkent-4» halqaro yo'lovchi terminalini barpo etish dasturini tayyorlagan.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan anjumanda, O'zbekiston bosh vaziri o'rinbosari Botir Zokirov, Janubiy Koreyaning O'zbekistondagi elchisi Kvon Yon U, KOICA va ushbu loyihaga jalb etilgan Koreya kompaniyalari konsortsiumi vakillari, shuningdek, «O'zbekiston havo yo'llari» milliy aviakompaniyasi rahbariyati va mutahassislari hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillari qatnashgan. 

O'zbekiston hukumati rejasiga ko'ra, yangi Toshkent-4 aeroporti eskirgan Toshkent-2 aeroportini almashtirishi va Markaziy Osiyodagi bog'lovchi aeroportga aylanishi kerak.

Яндекс.Метрика