У нас есть только
оригинальные песни

«Toshkent-4» terminali qurilishida 1400dan ortiq oila ko'chiriladi

calendar 27.01.2017
1488

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining yangi terminalini barpo etishda 1407 oilani ko'chirish rejalashtirilgan. Ular 540ta turarjoyda istiqomat qilishadi. Bu haqda «O'zbekiston havo yo'llari» MAKning 25 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan matbuot anjumanida «O'zbekiston havo yo'llari» yerusti inshootlari ekspluatatsiyasi departamenti va aerodromlar boshqarmasi rahbari Anton Xodjayan ma`lum qildi.

«Toshkent-4» deb nomlangan yangi xalqaro terminal qurib foydalanishga topshirilgach soatiga 1500 yo'lovchiga xizmat ko'rsata oladi. Terminal binosi afsonaviy Humo qushining qanotlarini yoygan shaklida barpo etiladi. U 36 samolyotga mo'ljallangan perron va 1700 avtomobil uchun turargohni ham o'z ichiga oladi. 

Anton Xodjayanning so'zlariga ko'ra, «aholini ko'chirish ishlari bilan Toshkent shahri hokimiyati shug'ullanmoqda. Yangi terminal joylashadigan hududda istiqomat qiluvchi fuqaroga oilaga mos keluvchi xonadon, yoki yer uchastkasi yoxud xohishidan kelib chiqib, moliyaviy huquqi poymol qilinmagan holda mablag' beriladi». 

Shu masalaga chuqurroq oydinlik kiritgan MAK bosh direktori Valeriy Tyan, tovon puli uy egasining rozi bo'lgunicha berilishini alohida ta`kidladi. Bunda, uning aytishicha, ushbu hududda yashovchilar huquqi buzilishiga umuman yo'l qo'yilmaydi. 

Яндекс.Метрика