У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent Arxitektura-qurilish instituti uchun yangi bino qurilmoqda

calendar 03.02.2017
1907

Mirzo Ulug'bek tumanida Toshkent Arxitektura-qurilish instituti uchun yangi bino qurilmoqda. Bu haqda TAQI rektoratiga asoslangan holda nuz.uz xabar bergan.

Manbaning yozishicha, bu haqda Vazirlar Mahkamasining 24 yanvardagi qarorida keltirilgandi. Qurilish ishlari Qorasuv-4 massivi hududida boshlab yuborilgan.

Hozircha oliy ta`lim muassasasining bir qismi Navoiy ko'chasidagi eski binoda (13-ko'cha, Alisher Navoiy nomli san`at saroyi va Paxtakor stadioni yaqinida - tahr.), yana bir qismi esa Toshkent moliya instituti binolaridan birida joylashadi. Moliya instituti rektoratidagi manbadan aniqlik kiritilishicha, Kichik halqa yo'li va Sharof Rashidov shohko'chasi kesishmalaridagi binolar arxitektura-qurilish institutining 2 fakulteti vaqtincha joylashtirilishi uchun bo'shatib berilgan.

TAQI institut yangi binoga 1,5 yil ichida ko'chib o'tishi rejalashtirilgan.

Ma`lumot uchun, Toshkent arxitektura-qurilish instituti 1991 yilning 6 mayida O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov farmoni asosida tashkil etilgan. OTMda«Arxitektura», «Muhandislik qurilish infrastrukturasi», «Bino va inshootlar qurilishi», «Qurilishni boshqarish» fakultetlari, shuningdek akademik litsey, malaka oshirish markazi va soha bo'yicha menejyerlarni qayta tayyorlash hamda xalqaro munosabatlar bo'limi mavjud.

Institutda jami 13ta bakalavriat yo'nalishi va 20ta magistratura mutaxassisliklari bo'yicha 2000 nafardan ortiq talaba tahsil oladi.

Яндекс.Метрика