Shu yilning oxirigacha Toshkent avtobuslarida validatorlar o'rnatiladi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar bermoqda.
LG CNS Uzbekistan O'zbekiston-Koreya
qo'shma korxonasi yaqin orada "Toshshahartransxizmat” bilan shartnoma
tuzib, jamoat transportiga elektr to'lov tizimi uskunalarini o'rnatishni
rejalashtirmoqda.
Avtomatlashgan tizim 2 asosiy elementdan -
smart-kartalar va validatorlardan iborat bo'ladi. Yo'lovchi kartalar
validatorga tekizadi, uskuna undan kerakli summani echib oladi.
LG CNS Uzbekistan bosh direktori o'rinbosari Brendon Kimning ta'kidlashicha, bu boradagi ishlar shu yiliyoq boshlanadi.