У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent axborot texnologiyalari kolleji Samsung bilan hamkorlikda uyali telefonlarni ta’mirlovchi ustalarni tayyorlaydi

calendar 09.06.2015
1480

Joriy yildan Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji uyali telefonlarni, shuningdek televizorlarni ta’mirlash yo‘nalishlarini ochadi. Bu haqda Samsung Mobile Uzbekistan’ning Facebook’dagi rasmiy sahifasiga asoslanib "Mobinfo.uz” xabar bermoqda.  Samsung Bu to‘g‘ridagi kelishuv o‘quv muassasida kollej rahbariyati va Samsung Electronics’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbati paytida imzolangan. Samsung Service Academy nomli loyiha o‘quv yurtida ma’ruzalar zali, uyali telefonlar va televizorlarni ta’mirlash uchun zarur barcha uskunalar bilan ta’minlangan ta’mirlash xonalarini tashkil etishni ko‘zda tutadi. Yangi yo‘nalishlarga qabul joriy yildanoq boshlanadi.
Яндекс.Метрика