У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent chorrahalariga o'rnatilayotgan foto- va videokameralar qoidabuzarliklarni aniqlashni boshladi

calendar 12.01.2016
1917

Toshkentda yaqin oylarda yo'l harakati xavfsizligini boshqarishning kompyuterlashtirilgan tizimi ishga tushadi. Bu haqda Sputnik IIVdagi axborot manbasiga asoslanib xabar qildi.

Tizimni o'rnatish ishlari 75 foiz tugallab bo'lingan. Jami bo'lib poytaxtimizdagi 120ta chorrahada avtomobil haydovchilarining qoidabuzarliklarini zamonaviy foto va video qayd etish tizimi o'rnatiladi.

“Amaliy jihatdan tizim 100dan ziyod poytaxt chorrahalarida ishga tushirilgan bo'lib, vaziyatni baholamoqda. Hozirda dasturiy ta'minot bo'yicha alohida me'zonlarni sozlash ishlari davom ettirilmoqda”, - deya qayd etdi axborot manbasi.

Tizim uni o'rnatish va ishga tushirish bilan shug'ullanayotgan Shveytsariya kompaniyasi bilan loyihani yakunlash to'g'risidagi barcha zarur hujjatlar imzolanganidan so'ng amaliyotga tatbiq etiladi. Faqatgina shundan so'ng IIV avval imzolangan shartnomaga muvofiq, foto va video kameralar qayd etgan ma'lumotlardan foydalanishi mumkin.

Tizim avtomatik tartibda qoidabuzarlikning ikki ko'rinishi – harakat tezligining oshirilishi va qizil chiroqdan o'tishni qayd etsa, boshqa qoidabuzarliklar boshqaruv markazidagi operatorlar tomonidan ro'yxatga olinadi.

Qoidabuzarlik qayd etilganidan haydovchiga pochta orqali qoidabuzarlik ro'yxatga olingan sana va joy, avto davlat raqami, bir necha fotosurat va boshqa ma'lumotlar ko'rsatilgan xat yuboriladi. Avtomobil egasi bir yil davomida jarimalarni to'lashi shart.

“So'nggi oylarda 2500ta qoidabuzarlik qayd qilingan bo'lib, avtomobil egalari javob berishlariga to'g'ri keladi. Tizim ishga tushirilganidan so'ng jarima to'lash talab qilingan xatlar ularga yuboriladi. Avtomobil egalarining bu haqda ogohlantirilmaganmiz, qabilidagi da'volariga asos yo'q, yo'l harakati ishtirokchisi foto va video qayd qilinishidan qat'i nazar, qoidalarga rioya etishlari lozim”, - deya ta'kidlab o'tdi agentlik suhbatdoshi.

Shu o'rinda, IIV Yo'l harakati xavfsizligi xodimlari va yo'llardagi patrullar soni tizim ishga tushganidan so'ng qisqarmaydi. Ular boshqa vazifalarni bajarishadi. Masalan, haydovchi guvohnomasisiz yoki mast holatda mashina boshqarish kabi qoidabuzarliklarni tekshirishadi.

Яндекс.Метрика