У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent ekspatlar uchun dunyodagi eng arzon shahar deb topildi

calendar 27.06.2018
991

Inson resurslarini tadqiq qilish sohasida dunyodagi eng yirik konsalting tashkiloti — Mercer kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, Toshkent ekspatlar (ekspatriant — chet ellik ishchi yoki korxonaning chet elda ishlaydigan xodimi) uchun dunyoda eng arzon shahar deb topildi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

24 yildan buyon olib borilayotgan tadqiqot 209 ta shaharni qamrab oladi va o‘z xodimlarini chet elda ishlashga yuborayotgan kompaniyalar xarajatlarni to‘g‘ri hisoblashi uchun mo‘ljallangan.

Mezonlar sifatida yashash narxi ko‘rib chiqildi, taqqoslash uchun tayanch shahar sifatida Nyu-York, valyuta sifatida AQSh dollari olindi.

Bundan tashqari, transport va kiyim-kechakdan uy uchun mahsulotlar va ko‘ngilochar mashg‘ulotlargacha bo‘lgan 200 dan ortiq buyumlar baholari ko‘rib chiqildi.

Ekspatlar uchun eng qimmat shaharlar reytingida Gonkong, Tokio, Syurix, Singapur, Seul, Luanda, Shanxay, Ndjamena, Pekin va Bern yetakchilik qildi.

Toshkent eng so‘nggi — 209-o‘rinda joylashdi. Undan oldingi pog‘onalarni Tunis, Bishkek, Banjul, Karachi, Blantayr, Tbilisi, Minsk band qildi.

Яндекс.Метрика