У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent Markaziy temiryo‘l vokzalida turistlar uchun “yashil koridor” tizimi ishga tushirildi

calendar 03.03.2018
750

Toshkent shahridagi Markaziy temiryo‘l vokzali orqali turistlarni kutib olish va kuzatib qo‘yish endilikda “yashil koridor” orqali amalga oshiriladi. Bu haqda, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib, xabar berdi Spot.

Turistlarga xizmat ko‘rsatish va dispetcherlashtirish markazi shu maqsadda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi bilan o‘zaro kelishib oldi.

Ushbu xizmat, turistik korxonalar va tashkilotlarning talabiga binoan, Markaziy temir yo‘l stansiyasi zaliga transport vositalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi.
Яндекс.Метрика