У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent metropoliteni daromad ola boshladi

calendar 01.02.2018
1358

Toshkent metrosi 2017 yilda ilk marta daromad ola boshladi, u 117 mln so'mni tashkil etdi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» sobiq rahbari va bosh muhandisi Baxtiyor Sodiqov xabar berdi.

Yil davomida hammasi bo'lib 62 million yo'lovchi tashildi, bu bir yil avvalgi ko'rsatkichdan 0,2 foizga ko'proq. Baxtiyor Sodiqovning so'zlariga ko'ra, tashuvlar hajmining oshishiga pensionerlar uchun soat 10:00 dan 16:00 ga qadar metroda bepul yurish joriy etilgani ham turtki bergan. Daromadga esa reklamani oshirish hisobidan erishildi.

Eslatib o'tamiz, uzunligi 7,1 kilometr bo'lgan Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi 2020 yilga qadar foydalanishga topshirilishi ko'zda tutilgan. Sergeli metro liniyasi hozirgacha Markaziy Osiyoda qo'llanilmagan butunlay yangicha estakada usulida bunyod etilmoqda. Mazkur liniya ko'priksimon tarzda quriladi, poyezdlar yer ustida harakatlanadi. Ushbu yo'nalishda 6 bekat bo'ladi. Qiziqarli yana bir jihat, poyezdlar to'xtash maskani, ya`ni bekatlar 4 vagondan iborat metro poyezdiga mo'ljallab quriladi. Bekatlarda yo'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida maxsus lift va eskalatorlar o'rnatiladi. Yunusobod yo'nalishining yangi liniyasi esa 2019 yilda to'la nihoyasiga yetkazilishi ko'zda tutilgan.

Яндекс.Метрика